ClubControl - kompyuter klublari uchun zamonaviy bulutli billing tizimi, o'rnatilgan do'kon va xavfsiz klient Shell dasturi. Barcha jarayonlarni 100% avtomatlashtiring, ish faoliyatini yanada qulay va yoqimli boshqaring hamda daromadlarni oshiring.
Biz bilan bog'laning va shu oy oxirigacha tekinga ishlatish imkoniyatiga ega bo'ling!
Telegram orqali bog'lanish
Internet orqali klubingizni dunyoning istalgan nuqtasidan boshqaring. Kassa, seanslar va faoliyat doimo nazorat ostida.
Operator va adminlar uchun maxsus soddalashtirilgan interfeys. Kompyuterlarni lock/unlock qilish atigi 1 klik orqali.
Klub daromad grafiklari, zallar yuklanish foizlari va ombor qoldiqlarini tahlil qiluvchi avtomatlashtirilgan hisobotlar.
Mijozlar masofadan bar buyurtmalarini berishlari, adminlar esa ombor va kassa hisob-kitobini avtomatlashtirishlari mumkin.
ClubControl Shell dasturi kompyuterlarni viruslar, tizim fayllarini o'chirish yoki o'yinlarni ruxsatsiz o'rnatishdan himoya qiladi. Dastur Windows OS-ni geymerlar uchun chiroyli o'yin markaziga aylantiradi.
Admin panel orqali vaqt boshlanganda kompyuter avtomatik qulfdan ochiladi, vaqt tugagach yana bloklanadi.
Barcha o'yinlar bitta qulay va estetik panelda jamlanadi. Windows menyusiga kirish bloklanadi.
Mijozlar o'z akkauntlariga shaxsiy login va parollari orqali bir soniyada tezkor hamda xavfsiz tarzda kirishlari mumkin.
Viruslar, tizim sozlamalarining o'zgarishi va ruxsatsiz dasturlardan 100% kafolatlangan himoya.
Shell interfeysining mavzu (theme) ranglarini o'zgartirish, fondagi rasmlarni brendingizga moslab osongina almashtirish imkoniyati.
Mijozlar buyurtmalari va kassa tizimi masofaviy billing paneli bilan to'liq integratsiya qilinadi.
O'yinlar va sozlamalarni osongina bir klik bilan yangilash, shuningdek, do'kondagi mahsulotlarning avtomatik yangilanish tizimi.
Ortiqcha murakkab tariflarsiz, barcha premium imkoniyatlar va professional vositalar yagona tarif ostida birlashtirildi.
Klubingiz faoliyatini 100% cheklovlarsiz boshqaring. Murakkab hisob-kitoblarsiz, faqat faol ishlatilayotgan kompyuterlar soni uchun to'lov qiling.
ClubControl — bu geyming va kompyuter klublarini to'liq avtomatlashtirishga mo'ljallangan zamonaviy dasturiy majmuadir. U o'z ichiga administratorlar uchun bulutli boshqaruv paneli (Cloud Admin Panel) hamda mijozlar uchun xavfsiz o'yin launcheri (Klient Shell) dasturini oladi. Tizim yordamida siz kassa hisob-kitoblarini, bar buyurtmalarini va kompyuterlar holatini dunyoning istalgan chekkasidan turib real vaqt rejimida kuzatib borasiz.
Boshqarish paneli va mijozlar launcher’i yuqori darajada optimallashtirilgan va qulay interfeysga ega
ClubControl billing tizimi va klient shell dasturi bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollar javoblari.
Yo'q, o'rnatish juda oson! Shell dasturini yuklab olasiz va o'rnatasiz. Cloud admin paneli esa darhol ishlashga tayyor bo'ladi. Agarda sizga qaysidir qism qiyinchilik tug'dursa bizning mutaxassislarimiz sizga yordam beradi.
Ha! ClubControl-ning eng katta afzalliklaridan biri bu uning oflayn rejimida ishlashidir. Server o'chib qolganda yoki internet uzilganda, kompyuterlardagi faol seanslar davom etadi, mijozlar vaqti saqlanib qoladi va tizim internet ulanganda ma'lumotlarni bulutga sinxronizatsiya qiladi.
Bizning tizimimizda to'liq integratsiya qilingan do'kon (magazin) moduli mavjud. Mijozlar o'yin joyida, klient launcher orqali yegulik, ichimlik yoki boshqa xizmatlarga buyurtma berishlari mumkin. Buyurtma operator (admin) panelida ko'rinadi va kassa/ombor hisobidan avtomatik chegiriladi.
Bizning klient shellimiz Windows OS-ni to'liq bloklaydi va mijozlar faqat admin tizimga pul kiritsagina kompyuterni ishlata oladi. Har bir kassadagi o'zgarishlar, seanslarni to'xtatishlar, bar sotuvlari real vaqtda bulutli bazaga yozilib boriladi va o'chirishning iloji yo'q.
Dasturimiz imkoniyatlarini amalda baholashingiz uchun ajoyib imkoniyat! Siz uni shu oyning oxirigacha mutlaqo bepul va cheklovlarsiz sinab ko'rishingiz mumkin.
Tizimni o'rnatish, bepul demo versiyaga ega bo'lish yoki mutaxassislarimizdan bepul maslahat olish uchun hoziroq biz bilan Telegram orqali bog'laning.
Telegram orqali bog'lanish